Hayotiy vaziyatlar

Qachondan davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi?

Asos:. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2022 yildagi PQ-279-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2022 yildagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-279-son qaroriga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarida ularning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy ta’lim shakli joriy etilishi belgilangan.

Davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul vaqti qanday?

Qarorga muvofiq, davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bir yilda ikki marta — avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi.

Qarorga muvofiq, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab qanday o’zgarishlar bo’ladi?

Qarorga muvofiq, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab:

davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi;

davlat oliy ta’lim muassasalariga (moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalari bundan mustasno) to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik (idora) tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi hamda har yili 20-iyunga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;

oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos keluvchi imtihon fanlari majmuasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda imtihon sinovlari boshlanishidan kamida 6 oy oldin e’lon qilinadi.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha nechta o‘rin ajratiladi?

Qarorga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 1 000 ta o‘rin ajratib boriladi.

Xotin-qizlar uchun qanday imtiyozlar bor?

Qarorga muvofiq, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining tavsiyanomasini olgan, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qo‘shimcha 2 000 ta davlat granti ajratiladi.

Davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish qayerdan amalga oshiriladi?

Qarorga muvofiq, Davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali har yili 20-iyundan 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Qachondan akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilishda qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi?

Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.07.2023-yildagi PQ-200-son qarori.

Qarorga muvofiq, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilishda qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi.

Qachondan kollej va texnikumlarning taʻlim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari ikki baravar oshiriladi?

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.07.2023-yildagi PQ-200-son qarori.

Qarorga muvofiq, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab kollej va texnikumlarning taʻlim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari ikki baravar oshiriladi.

Qachondan oliy taʻlim muassasalariga hujjat topshirishda abiturientlarga “davlat granti” yoki “taʻlim yoʻnalishi” ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi boʻyicha bakalavriat taʻlim yoʻnalishilari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi?

Qarorga muvofiq, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab oliy taʻlim muassasalariga hujjat topshirishda abiturientlarga “davlat granti” yoki “taʻlim yoʻnalishi” ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi boʻyicha bakalavriat taʻlim yoʻnalishilari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.

Qachondan oliy taʻlim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi?

Qarorga muvofiq, 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab oliy taʻlim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi.

Qachondan abiturientlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, oliy taʻlim muassasasi, taʻlim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi?

Qarorga muvofiq, 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab abiturientlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, oliy taʻlim muassasasi, taʻlim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

Qachondan umumtaʻlim fanlari boʻyicha xalqaro imtihon natijalari boʻyicha sertifikatlar davlat oliy taʻlim muassasalariga qabul qilishda inobatga olinadi?

Qarorga muvofiq, 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab umumtaʻlim fanlari boʻyicha xalqaro imtihon natijalari boʻyicha sertifikatlar davlat oliy taʻlim muassasalariga qabul qilishda inobatga olinadi. Bunda, tan olingan xalqaro sertifikatlar roʻyxati Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi.

Qachondan boshlab soliq toʻlovchilar tomonidan yoshidan qatʻi nazar farzandlarining Oʻzbekiston Respublikasi taʻlim tashkilotlarida taʻlim olishlari uchun yoʻnaltiriladigan toʻlovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi?

Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 08.05.2023-yildagi PF-67-son farmoni.

Fuqarolarning yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 50-moddasida belgilangan taʻlim olish huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida 2023-yil 1-avgustdan boshlab soliq toʻlovchilar tomonidan yoshidan qatʻi nazar farzandlarining Oʻzbekiston Respublikasi taʻlim tashkilotlarida taʻlim olishlari uchun yoʻnaltiriladigan toʻlovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi.

Qachondan boshlab yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan mikroqarz shaklida hamda “Yoshlar daftari” va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamgʻarmalari hisobidan beriladigan subsidiya mablagʻlarini ijtimoiy kontrakt asosida yoshlar xohishiga koʻra alohida ochilgan bank kartasiga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) oʻtkazishga ruxsat beriladi?

Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2023-yildagi PQ-162-son farmoni.

Qarorga muvofiq, Raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali mutaxassis va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida 2023-yil 1-avgustdan boshlab yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan mikroqarz shaklida hamda “Yoshlar daftari” va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamgʻarmalari hisobidan beriladigan subsidiya mablagʻlarini ijtimoiy kontrakt asosida yoshlar xohishiga koʻra alohida ochilgan bank kartasiga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) oʻtkazishga ruxsat beriladi.

Qachondan boshlab B2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega boʻlgan fuqarolar tomonidan tizim boshqaruvi, maʻlumotlar bazasi va “bulutli” platformani boshqarish, axborot xavfsizligini taʻminlash va boshqa talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 100 foiz qismini qoplash tizimi joriy etiladi?

Qarorga muvofiq, Raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali mutaxassis va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida 2023-yil 1-oktabrdan boshlab B2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega boʻlgan fuqarolar tomonidan tizim boshqaruvi, maʻlumotlar bazasi va “bulutli” platformani boshqarish, axborot xavfsizligini taʻminlash va boshqa talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 100 foiz qismini qoplash tizimi joriy etiladi.

Men joriy oʻquv yilida 1-kurs talabasi boʻldim. Menga talabalarni talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish tartibi maʻlumot bering

Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.08.2023-yildagi 376-son qarori.

         Qarorga muvofiq, Talabalarni oliy taʻlim muassasasi talabalar turar joylariga qabul qilish YIDXP yoki davlat xizmatlari markazlari orqali berilgan yoʻllanma asosida amalga oshiriladi. Talabalarni talabalar turar joyiga yoʻllanmasiz qabul qilish taqiqlanadi. Talabalarni talabalar turar joyiga joylashtirish boʻyicha yoʻllanmalar taqdim etilgan oʻquv yili uchun amal qiladi.

         Talaba yoʻllanma olish uchun davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelib (ishonchli vakil orqali) yoki mustaqil ravishda YIDXP orqali murojaat qilishi mumkin. Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish har yili 1-avgustdan boshlanadi va oʻquv yili yakuniga qadar davom etadi. Talaba davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilganda, markaz xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa, mustaqil ravishda Reglamentga muvofiq soʻrovnomani toʻldiradi.

Oliy taʻlim muassasasi talabaning soʻrovnomasida kamchiliklarni aniqlagan taqdirda, ariza beruvchiga besh ish kuni ichida ularni bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi.

Soʻrovnomada notoʻgʻri maʻlumotlar koʻrsatilganligi hamda kamchiliklar belgilangan muddat mobaynida bartaraf etilmaganligi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻladi. Talabani talabalar turar joyiga joylashtirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish taqiqlanadi.

Menga talabalar turar joyiga birinchi navbatda joylashish huquqiga ega talabalar roʻyxatiga kimlar kirishi haqida maʻlumot bering.

Qarorga muvofiq, imtiyozli roʻyxatga quyidagi mezonlarning biriga mos keluvchi talabalar kiritiladi:

a) tegishli tasdiqlovchi maʻlumotlar asosida:

“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila (ayol) farzandlari;

I va II guruh nogironligi boʻlgan talabalar;

xorijiy davlat fuqarosi boʻlgan talabalar;

bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʻlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari;

b) oliy taʻlim muassasasi rektori (direktori) buyrugʻi asosida:

xalqaro va Vazirlik tomonidan oʻtkaziladigan respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan talabalar;

Vazirlik tomonidan oʻtkaziladigan “Zakovat” intellektual oʻyinlari respublika bosqichi gʻoliblari;

“Yil talabasi” koʻrik-tanlovi respublika bosqichi gʻoliblari;

“Talabalar teatr studiyalari” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari;

talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar.

Men 2-kurs talabasiman. Menga umumiy roʻyxatdagi talabalar uchun oliy taʻlim muassasasi talabalar turar joyida ortib qolgan oʻrinlar soniga nisbatan navbat asosida qanday taqsimlanishi haqida maʻlumot bering.

Qarorga muvofiq, umumiy roʻyxatdagi talabalar uchun oliy taʻlim muassasasi talabalar turar joyida ortib qolgan oʻrinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizi;

2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foizi;

3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Bunda:

kurslarga ajratilgan, biroq toʻlmay qolgan oʻrinlar avvalo quyi kurs talabalari orasida, soʻng kurslarning ortib borishi tartibiga qatʻiy amal qilgan holda yuqori kurs talabalari orasida qayta taqsimlanadi;

oliy taʻlim muassasasi tomonidan talabalar turar joyidagi oʻrinlar soni umumiy roʻyxat boʻyicha fakultetlar kesimida taqsimlanishi mumkin.

Umumiy roʻyxatga kiritiladigan talabalar qanday ketma-ketlik asosida talabalar turar joyiga joylashtiriladi?

Qarorga muvofiq, umumiy roʻyxatga kiritiladigan talabalar quyidagi ketma-ketlik asosida talabalar turar joyiga joylashtiriladi:

bitta oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʻlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan oila farzandlari;

kunduzgi taʻlim shaklida oʻqiyotgan talabalar (kunduzgi taʻlim shaklida oʻqiyotgan talabalar turar joyiga ehtiyoji bor talabalar toʻliq taʻminlanmasdan turib, boshqa taʻlim shaklida oʻqiyotgan talabalarni turar joyga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi);

talaba qizlar (talabalar kontingentidan kelib chiqib oliy taʻlim muassasasi rektori (direktori) ushbu ustuvorlik ulushini belgilaydi);

bakalavriat bosqichida oʻqiyotgan talabalar (bakalavriat bosqichida oʻqiyotgan turar joyga ehtiyoji bor talabalar toʻliq talabalar turar joyiga joylashtirilmasdan, taʻlimning magistratura va doktorantura bosqichida oʻqiyotgan talabalarni turar joyga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi);

oliy taʻlim muassasasi joylashgan hududdan boshqa hududda doimiy yashovchi talabalar;

ariza berilgan sana boʻyicha navbat asosida.

Talabani talabalar turar joyiga joylashtirish qanday tarzda rasmiylashtiriladi?

Qarorga muvofiq, talabani talabalar turar joyiga joylashtirish oliy taʻlim muassasasi va ariza beruvchi oʻrtasida shartnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi.

Bunda:

shartnoma oliy taʻlim muassasasiga yoʻllanma kelib tushgan yoki taqdim etilgan kunning oʻzida tuziladi;

yoʻllanma bilan birgalikda shartnoma va birinchi oy uchun toʻlov topshiriqnomasi avtomatik ravishda shakllantiriladi;

talaba yoʻllanma shakllangandan soʻng 10 ish kuni mobaynida oliy taʻlim muassasasi bilan shartnoma tuzmasa yoki talabalar turar joyi uchun dastlabki oylik toʻlovni toʻlamagan taqdirda, yoʻllanma bekor qilinadi.

Umumta’lim muassasalarida o‘quv yili qachon boshlanib qachon tugaydi?

Asos:. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.03.2017 yildagi 140-son qarori.

Qarorga ko‘ra, o‘quv yili umumta’lim muassasalarida 2-sentabrdan kelgusi yilning 25-mayiga qadar davom etadi.

Umumta’lim muassasalarida o‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari qanday?

Qarorga muvofiq, O‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

kuzgi ta’til — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

qishki ta’til — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

bahorgi ta’til — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;

yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentabrgacha.

Umumta’lim muassasalarida o‘quvchilarning sifatli bilim olishini va ularni umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga mos holda o‘qitish natijalarini nazorat qilishni ta’minlash maqsadida qanday nazorat turlari olib boriladi?

O‘quvchilarning sifatli bilim olishini va ularni umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga mos holda o‘qitish natijalarini nazorat qilishni ta’minlash maqsadida umumta’lim muassasalarida quyidagi nazorat turlari olib boriladi:

joriy nazorat — o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini muntazam ravishda nazorat qilish uchun so‘rovlar, nazorat ishlari yoki testlar ko‘rinishida o‘tkaziladi;

oraliq nazorat — chorak yakunida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash uchun o‘quv dasturining bir qismi tugaganda amalga oshiriladi va u yozma nazorat ishi yoki testlar ko‘rinishida olib boriladi;

bosqichli nazorat — o‘quv yili tugaganda og‘zaki, yozma imtihon hamda test sinovlari ko‘rinishida amalga oshirilib, unga asosan o‘quvchining yakuniy bahosi, reytingi aniqlanadi va o‘quvchini keyingi sinfga o‘tkazishga qaror qilinadi;

yakuniy nazorat — tayanch o‘rta ta’lim va o‘rta ta’lim tugaganidan so‘ng yakuniy davlat attestatsiyasi shaklida o‘tkaziladi;

“Chet tili” fanidan o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi xalqaro baholash tizimi asosida aniqlanishi mumkin.

Yaqinda haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyoti haqida eshitib qoldim. Haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyoti nima?

Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.01.2024-yildagi 11-son qarori.

Qarorga muvofiq, haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyoti deb, kasbiy malakaga va ish tajribasiga ega boʻlish maqsadida amalga oshiriladigan hamda talabani bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi) oʻquv rejasiga muvofiq ish beruvchida mavjud boʻlgan boʻsh (vakant) oʻringa ishga qabul qilishni nazarda tutuvchi kasb tayyorgarligiga oid oʻquv jarayonining amaliy qismiga aytiladi.

Amaliyotni tashkil qilish toʻgʻrisidagi shartnoma deb qanday shartnomaga aytiladi?

Qarorga muvofiq, amaliyotni tashkil qilish toʻgʻrisidagi shartnoma deb, amaliyot oʻtash muddatiga va amaliyotga rahbarlik qiluvchi shaxs biriktirilgan holda, amaliyot oʻtovchi va ish beruvchi oʻrtasida tuziladigan muddatli mehnat shartnomasiga aytiladi.

Haq toʻlanadigan amaliyot oʻtash uchun qancha ish haqi toʻlanadi?

Qarorga muvofiq, talabaga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida ish haqi va unga hisoblangan ijtimoiy soliq Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan shartnomaga muvofiq tarmoq korxonasining talabnomasiga koʻra uning tegishli hisobraqamiga oʻtkaziladi.

Haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyoti qancha muddatlarda amalga oshiriladi?

Qarorga muvofiq, amaliyot bir oydan uch oygacha boʻlgan davr mobaynida oʻquv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.

Haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyoti tanlov asosida tashkil qilinar ekan. Amaliyot oʻtash uchun nechta oʻrin ajratiladi?

Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan har yili tanlovni tashkil etish boʻyicha hududlar, sohalar va oliy taʼlim tashkilotlari kesimida amaliyot oʻtash uchun 500 ta oʻrin ajratiladi.

Haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida oʻtkaziladigan tanlovda qatnashishning talablari va shartlari qanday?

Qarorga muvofiq, tanlovda qatnashishning talablari va shartlari quyidagilardan iborat:

talaba bitiruvchi bosqichda tahsil olayotgan boʻlishi;

talabaning taʼlim yoʻnalishi (yoki mutaxassisligi) tarmoq korxonasidagi faoliyat yoʻnalishiga mos boʻlishi;

talaba Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlishi.

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarning qaysi turlari toʻgʻridan-toʻgʻri (sinovlarsiz) tan olinadi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qaroriga asosan Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish quyidagi hollarda toʻgʻridan-toʻgʻri (sinovlarsiz) amalga oshiriladi:

xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta, oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va malaka oshirish taʼlimi olgan talabgorlarning xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlari;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida alohida boʻlinmalari (filiallari) va qoʻshma taʼlim muassasalari faoliyat yuritayotgan xorijiy taʼlim muassasalarida taʼlim olgan talabgorlarning hujjatlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan roʻyxati har yili tasdiqlanadigan xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi 1 000 oʻrinni egallagan xorijiy oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olgan talabgorlarning hujjatlari;

tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining yoʻllanmalari asosida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) hisobidan taʼlim olgan talabgorlarning hujjatlari;

1992-yil 1-yanvargacha xorijiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan talabgorlarning hujjatlari;

Oliy taʼlimda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasining (European Association for Quality Assurance in Nigher Education) toʻlaqonli aʼzolari — vakolatli tashkilotlar tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan talabgorlarning hujjatlari, roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yoʻnalishlar, mutaxassisliklar va kasblar bundan mustasno;

Amerika Qoʻshma Shtatlari, Avstraliya Ittifoqi, Isroil Davlati, Kanada, Singapur Respublikasi, Koreya Respublikasi, Yaponiya davlatlarining ushbu davlatlar vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarida taʼlim olgan talabgorlarning hujjatlari, roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yoʻnalishlar, mutaxassisliklar va kasblar bundan mustasno;

xorijiy oliy taʼlim muassasalarida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobiga taʼlim olgan talabgorlarning hujjatlari;

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar.

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha qanaqa hujjatlar taqdim qilinadi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qaroriga asosan xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat va unga ilovaning nusxasi;

xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat va unga ilovaning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi.

Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat va unga ilovaning asl nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi bilan birga davlat xizmatlari markazi xodimiga taqdim etiladi.

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasaga qabul qilish boʻyicha tayyor boʻlgan yoʻllanmadan qancha muddat davomida foydalanish mumkin?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga asosan arizachi bolalarni muassasaga qabul qilishni yoʻllanma olingandan keyin 15 kun mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda yoʻllanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Men uzrli sabablarga ko’ra malaka imtihonida ishtirok eta olmadim. To’langan to’lovlar qaytariladimi?

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.02.2022 yildagi 73-son qarori.

Qarorga muvofiq, talabgor uzrli sabablarga ko‘ra (kasalligi, xizmat safarida bo‘lganligi yoki oila a’zolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) malaka imtihonida ishtirok eta olmaydigan bo‘lsa yoki ishtirok etmasa, malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan 3 kundan kechikmay YIDXP orqali vakolatli organga murojaat etishi lozim. Bunda, faqat Davlat test markazi hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori talabgorga qaytariladi (to‘lov amaldagi elektron tizim orqali amalga oshirilganda, ko‘rsatilgan xizmat uchun undirilgan yig‘imdan tashqari).

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha yoʻllanma olishda kimlarga imtiyoz beriladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga asosan bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha yoʻllanma berishda quyidagilarga imtiyozli navbat taqdim qilinadi:

nogiron boʻlgan shaxslarning bolalari;

koʻp bolali oilalarning bolalari;

harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalari;

talabalar va pedagoglarning bolalari;

yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;

boshqa muassasalardan oʻtkazilgan bolalar;

akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan boʻlgan bolalar.

Men YIDXP orqali chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida sertifikat olganman. Ushbu sertifikat qancha muddatga amal qiladi?

Qarorga muvofiq, chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida sertifikat malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorga ikki yil muddatga beriladi.

Men YIDXP orqali chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida ma’lumotnoma olganman. Ushbu ma’lumotnoma qancha muddatga amal qiladi?

Qarorga muvofiq, chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida ma’lumotnoma malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan chet tillari o‘qituvchilariga uch yil muddatga beriladi.

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonida ishtirok etish uchun qancha to’lov amalga oshirishim lozim?

Qarorga muvofiq, malaka sertifikati uchun — ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida;

ma’lumotnoma uchun — ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Bunda, davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun ro‘yxatdan o‘tish YIDXP orqali amalga oshirilganligi sababli talabgordan belgilangan to‘lov miqdorining 90 foizi undiriladi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur davlat xizmatini ko‘rsatishda belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

Men YIDXP orqali chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun onlayn ariza berdim. Menga malaka imtihonini o‘tkazish joyi va aniq vaqti to‘g‘risida qachon xabar beriladi?

Qarorga muvofiq, vakolatli organ malaka imtihoniga qo‘yiladigan talabgorlarni YIDXP orqali hamda axborot-kommunikatsiya tizimidan foydalangan holda malaka imtihonini o‘tkazish joyi va aniq vaqti to‘g‘risida malaka imtihoni sanasidan uch kun oldin xabardor qiladi.

Chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun o’tkaziladigan malaka imtihoni qanday bo’limlardan iborat?

Qarorga muvofiq, chet tilini bilish darajasi test sinovi, yozma ish va gapirish ko‘nikmasini baholash yo‘li bilan aniqlanadi, u quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:

a) “tinglab tushunish” bo‘limi — og‘zaki nutqni qabul qilish ko‘nikmalarini, eshitilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;

b) “o‘qish” bo‘limi — o‘qilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;

v) “yozma ish” bo‘limi — tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va talabgorning lug‘at zaxirasidan foydalangan holda berilgan mavzular bo‘yicha bir-biri bilan bog‘langan matnlar tuzish mahoratini tekshiradi;

g) “gapirish” bo‘limi — tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va lug‘at zaxirasidan foydalangan holda, berilgan savollarga mos javob berish va o‘z nuqtai nazarini asoslash mahoratini tekshiradi.

Bolani bogʼchaga berish tartibi qanday?

Bolalarni maktabgacha taʼlim muassasasiga (keyingi oʼrinlarda “bogʼcha”) berish  tartibi koʼpchilik ota-onalarni oʼylantiradigan savol boʼlsa kerak.

Bogʼchalar 2 xil boʼladi: davlat va xususiy. Davlat bogʼchalariga joylashtirish tartibi butun Oʼzbekiston uchun bir xil. Xususiy bogʼchalarga qabul qilish tartibi va narxlari esa bogʼcha maʼmuriyati tomonidan mustaqil belgilanadi.

Keling, biz davlat bogʼchalari haqida maʼlumot beramiz.

2018 yil 1 apreldan boshlab, bolalarni davlat bogʼchalariga joylashtirish uchun faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish (anketa toʼldirish) kerak.

Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza berish uchun davxizmat.uz sayti orqali oʼzingizga yaqin DXMlar manzilini koʼrib olishingiz yoki onlayn navbatga yozilishingiz mumkin.

Yagona portal orqali onlayn anketa toʼldirmoqchi boʼlsangiz xizmatlar manzilga oʼting.

Аnketani ota-onalar yoki ularning oʼrnini bosuvchi shaxslar toʼldira oladi.

Davlat bogʼchalariga bolalar 3 yoshdan qabul qilinadi.

Bolalarni bogʼchaga qabul qilish bepul amalga oshiriladi.

Magistraturaga qaysi fanlardan imtihonlar bo‘ladi?

Magistratura bosqichi uchun hozirda faqat 2 ta fandan imtihon bo‘ladi:

mutaxassislik fani (100 ballgacha) va chet tili (50 ballgacha).

Shuningdek, bitiruvchining diplom ilovasida qayd etilgan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ham qo‘shiladi (100 ballgacha).

Magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball — 250 ni tashkil etadi.

Xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida V2) yoki Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qo‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.

Bundan buyon magistratura uchun quyidagi fanlardan imtihon bo‘lmaydi:

- ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida suhbat;
- «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha;
- O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha.

Nostrifikatsiya uchun qanday hujjatlar zarur?

Xorijda olingan diplomni O‘zbekistonda nostrifikatsiya qilish uchun quyidagi hujjatlar topshiriladi:

- diplom va ilovaning asli (ariza qabul qilingandan so‘ng egasiga qaytariladi);
- diplom va ilovani aslini davlat (o‘zbek) tiliga tarjima qilib notariusdan tasdiqlangani (2 nusxada);
- pasport va nusxasi;
- davlat boji to‘langanligi haqidagi kvitansiya (EKIH 2 barobari – hozir 405460 so‘m) 27.01.2020.

Magistraturaga kirishda abituriyentlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

rektor nomiga ariza;

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi OTMlarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;

3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;

086-U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;

qonun hujjatlariga muvofiq o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning asl nusxasi.

Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Аbiturientlar oʼqishga kirish uchun qanday hujjatlar topshiradi?

Bakalavr bosqichi uchun qabul quyidagi 3 ta joyda boʼladi:

Davlat xizmatlari markazi (DXM) orqali — 5 ta oliy taʼlim muassasasi (TDYuU, QDU, FarDU, SamDU, GulDU);

My.gov.uz orqali — yuqoridagi 5 ta OTM;

OTMlarning oʼzida — qolgan barcha OTMlar uchun.

Аbiturientlar hujjat topshirmaydi, shunchaki original hujjatlarini koʼrsatib, roʼyxatdan oʼtadi va oʼzi bilan qaytarib olib ketadi;

Roʼyxatdan oʼtish uchun quyidagilar kerak:

1) pasport (u yoʼq boʼlsa, yoki 09-forma, yoki tugʼilganlik guvohnomasi);

2) diplom yoki shahodatnoma (ilovasi bilan);

3) mabodo biror imtiyozi boʼlsa, uni tasdiqlovchi hujjat.

Аvvalgi yillardagi kabi rasm, papka, 086-maʼlumotnomalar shart emas.

Istalgan OTM orqali boshqa joylarga roʼyxatdan oʼtishi mumkin. Buning uchun aynan oʼsha OTMning oʼziga borish shart emas. Masalan, buxorolik abiturient BuxDUga borib 

oshkentdagi OTMlarga roʼyxatdan oʼta oladi.

Bolani bogʼchaga joylashtirishda kimlarga imtiyoz beriladi?

Bu yerda imtiyoz deganda bolani bogʼchaga navbatsiz joylashni tushunish kerak. Yaʼni agar bogʼchada boʼsh joy boʼlsa, unda quyidagilar birinchi navbatda bogʼchaga qabul qilinadi:

nogiron boʼlgan shaxslarning bolalari;

uch nafar yoki undan koʼp bolalari boʼlgan oilalarning bolalari;

boshqa muassasalardan oʼtkazilgan bolalar;

akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan boʼlgan bolalar.

Yuqoridagi imtiyozlarni tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari bogʼchalarga taqdim etilishi kerak.

Maktabga bolani qabul qilish tartibi qanday?

Maktablarning 1-sinfiga 6-7 yoshli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi.

Tegishli yilning 31 avgustiga qadar 6,5 yoshga toʼlmagan, 1-sinfda oʼqish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan maktablarning pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda oʼqishga jismonan va ruhan tayyorlash boʼyicha tushuntirish ishlari olib boradi.

Maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʼrta taʼlimga qamrab olish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan maktablarga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida maktab pedagog xodimlari tomonidan bolalarni birma-bir (uyma-uy) roʼyxatga olish orqali amalga oshiriladi.

Bolalar maktablarning 1-sinfiga tayyorgarlik darajasidan qatʼi nazar, tanlovsiz qabul qilinadi, musiqa va sanʼatga ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari bundan mustasno.

Bolani maktabga topshirish uchun qanday hujjatlar kerak boʼladi?

Bolalarni maktabning 1-sinfiga qabul qilish uchun ularning ota-onalari tomonidan quyidagi hujjatlar topshiriladi:

ota-onalar tomonidan maktab direktori nomiga ariza;

ota-onalarning fuqarolik pasporti (fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning Oʼzbekistonda yashash guvohnomasi) nusxasi (doimiy propiskasi yoki turgan joyi boʼyicha hisobga olinganligi haqidagi qayd yozuvi koʼrsatilgan holda);

bolaning tugʼilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;

bolaning sogʼligʼi toʼgʼrisida tibbiy maʼlumotnoma;

bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati

Bolani maktabga joylashtirish uchun onlayn ariza topshirsa boʼladimi?

Boʼladi, lekin barcha maktablar uchun emas. Hozircha faqat Toshkent shahridagi 81 ta maktabga Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hujjat topshirish mumkin. Qolgan barcha maktablarga hujjatlar maktabning oʼzida qabul qilinadi.

81 ta maktabning roʼyxatini mana bu yerdan koʼrish mumkin

Prezident maktablariga kirish tartibi qanday?

Prezident maktablariga respublika maktablarining 4-sinf bitiruvchilari hujjat topshirishlari mumkin.

Prezident maktablariga qobiliyatli va iqtidorli (baholar tabeli asosida tegishli STEAM fanlari (matematika, biologiya (tabiatshunoslik), informatika va axborot texnologiyalari, fizika, algebra, geometriya, kimyo) boʼyicha aʼlo bahoga tugatgan) bolalar tanlov asosida qabul qilinadi.

Oʼquvchilarni qabul qilish xorijiy tashkilot bilan birgalikda oʼtkaziladigan kirish imtihonlari natijalari asosida amalga oshiriladi.

Belgilangan kvotaga asosan kirish imtihonlari natijalari boʼyicha eng yuqori ball olgan oʼquvchilar oʼqishga qabul qilinadilar.

Hujjatlar faqat nomzod oʼqiyotgan umumtaʼlim muassasasi joylashgan hududdagi Prezident maktabiga topshiriladi.

Oʼquvchining ota-onasi (qonuniy vakillari) Qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

maxsus shakldagi maʼlumotnoma (maʼlumotnoma namunasini mana bu yerdan olish mumkin;

talabgorning tugʼilganlik haqida guvohnoma nusxasi;

oʼquv yili natijasiga koʼra, talabgorning baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi.

Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda oʼtkaziladi:

1-bosqich — matematika fanidan 30 ta topshiriqdan iborat test shaklida oʼtkaziladi. Belgilangan vazifani bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi;

birinchi bosqich natijasiga koʼra qabul kvotasida belgilangan har bir oʼringa 20 kishi hisobidan maksimal talabgorlar 2-bosqichda ishtirok etishga ruxsat etiladi;

2-bosqich — axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash boʼyicha — 16 ta masala;

mantiq elementlari boʼlgan matematika fanidan — 24 ta masala;

ingliz tilidan — 55 ta test.

2-bosqich kirish imtihonlari uchun jami 150 daqiqa vaqt ajratiladi.

Bolani boshqa maktabga koʼchirish mumkinmi?

Ha, mumkin. Ota-onalar oʼquv yili davomida yoki u tugaganidan soʼng farzandini bir maktabdan boshqasiga oʼtkazish huquqiga ega.

Buning tartibi quyidagicha:

1. Bola taʼlim olayotgan maktab direktori nomiga ariza beriladi. Аrizada farzandini boshqa maktabga oʼtkazish sabablari koʼrsatiladi.

Mazkur ariza bir ish kuni ichida koʼrib chiqilib, oʼqish koʼchirilayotgan maktabga taqdim etish uchun tegishli shaklda maktabdan ketish taloni beriladi.

2. Oʼqish koʼchirilayotgan maktab direktoriga oʼqishga qabul qilish toʼgʼrisida ariza bilan murojaat qiladi.

Аrizaga maktabdan ketish taloni va yashash joyidagi fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organi tomonidan berilgan maʼlumotnoma ilova qilinadi.

Oʼqish koʼchirilayotgan maktab direktori ariza va maktabdan ketish talonini qabul qilib olingan kunning oʼzida ota-onalarga oʼquvchi taʼlim olayotgan maktabga taqdim etish uchun maktabga kelish talonini berishi lozim.

3. Farzand oʼqiyotgan maktab direktoriga maktabga kelish talonini berish lozim.

Bunda shu kunning oʼzida oʼquvchini maktab oʼquvchilari safidan chiqarish toʼgʼrisida buyruq qabul qilinadi. Mazkur buyruq bilan ota-onalar tanishtirilib, quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

 oʼquvchining maktab oʼquvchilari safidan chiqarilganligi toʼgʼrisidagi buyruqdan koʼchirma;

 oʼquvchining baholar (oʼzlashtirish) tabeli;

 oʼquvchining tibbiy kartasi.

4. Hujjatlarni oʼqish koʼchirilayotgan maktab direktoriga topshirish lozim. Bunda shu kunning oʼzida oʼquvchini maktab oʼquvchilari safiga qabul qilish toʼgʼrisida buyruq chiqariladi.

Oʼquvchini maktab oʼquvchilari safiga qabul qilish toʼgʼrisida buyruq chiqarilgach, uch kun muddatda sinf jurnali va oʼquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.

Аbiturientlar testda ishtirok etish uchun toʼlov toʼlaydimi?

Аvvalgi yillarda bitirgan abiturientlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (101 ming 365 soʼm) miqdorida toʼlov undiriladi.

Nogironligi boʼlgan yoki toʼliq davlat taʼminotidagi shaxslar toʼlov toʼlashdan ozod etiladi. Faqat buning uchun holatni tasdiqlovchi qoʼshimcha hujjatlar topshirish talab qilinadi.

Nodavlat maktabgacha taʼlim sohasida xizmatlar koʻrsatmoqchiman. Buning uchun qanday ruxsatnoma yoki litsenziya olsam boʻladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga asosan Siz nodavlat maktabgacha taʼlim sohasida xizmatlar koʻrsatish uchun nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya olishingiz zarur.

Buning uchun Siz Davlat xizmatlari markazlari, Litsenziya axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziya olish boʻyicha murojaat qilishingiz mumkin.

Uchta OTMni tanlash tartibi qanday boʼladi?

Аbiturientlar roʼyxatdan oʼtayotgan paytda, 3ta yoʼnalishni ustuvor ketma-ketlikda belgilaydi.

Yaʼni birinchi, ikkinchi va uchinchi yoʼnalish sifatida qaysi OTMlarni tanlaganini oldindan belgilashadi.

Bunday vaziyatda abiturient ustuvor yoʼnalishga kira olmagan taqdirdagina keyingi yoʼnalishda omadini sinab koʼrishi mumkin. Аgar xoh kontrakt, xoh grant boʼlsin, ustuvor 

yoʼnalishga toʼplagan bali yetsa, unda keyingi yoʼnalishlar uchun ballari hisobga olinmaydi va tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Qaysi fanlardan test boʼladi?

2020 yildan boshlab, kirish imtihonlarida 5 ta fandan test bo‘ladi.

Testda savollar 2 ta blokka ajratiladi.

Birinchisi - majburiy fanlar bloki (barcha uchun tushadigan savollar):

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;
Matematika - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;
O‘zbekiston tarixi - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 94.5 ball.

Ona tili va O‘zbekiston tarixi fanidan 1 daqiqagacha, matematikadan - 1,5 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

Ikkinchisi, ta’lim yo‘nalishiga mos mutaxassislik blokidagi fanlar (yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi):

1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan;
2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 186 ball.

Asosiy blokdagi 2 ta fan uchun jami 2 soat vaqt beriladi.

5 ta fandan test bo‘lishga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli. Shu paytgacha bo‘lgani kabi, bu yangi tartib harbiy, diniy, xususiy, nodavlat va xorijiy OTMlarga, shuningdek kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tadigan yo‘nalishlar hamda magistratura uchun taalluqli emas. 

Test natijasini qachon va qayerdan bilish mumkin?

Test natijalarini abituriyentlar dtm.uz saytidagi o‘zining shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin.

Abituriyent test sinovidan to‘plagan ballari haqidagi ma’lumotni test topshirgan kunining ertasigayoq bilishi mumkin. Lekin ertasi kuni faqat necha ball to‘plaganini bila oladi, kirgan-kirmaganini emas.

Uning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganiga oid ma’lumotni esa test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta muddat ichida DTM saytidan ko‘rib olishi mumkin.

Xususiy oliy taʼlim muassasi ochmoqchiman buning uchun qanday ruxsatnoma yoki litsenziya olishim kerak?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga asosan Siz nodavlat oliy taʼlim sohasida xizmatlar koʻrsatish uchun nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya olishingiz zarur.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini qanday olsam boʻladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-avgustdagi 495-son qaroriga asosan, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini olish uchun Siz yoki sizning yaqin qarindoshlaringiz (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) Davlat xizmatlari markazlariga (DXM) yoki xizmatdan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)  orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Davlat xizmatini koʻrsatish bepul asosda amalga oshiriladi.

Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya olishda qanaqa hujjatlar talab qilinadi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga asosan nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya olish boʻyicha quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza (unda yuridik shaxsining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi, pochta manzili, taʼlim faoliyatini amalga oshirish joyining manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobraqami, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizada litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi toʻgʻrisidagi roziligi va elektron manzili koʻrsatiladi);

yongʻin va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalari;

pedagog kadrlar haqida maʼlumot;

oʻquv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari;

ixtisoslashtirilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan ruxsatnomalar nusxalari.

Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya olishim uchun qancha toʻlov qilinadi?

Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya bergnalik uchun quyidagi miqdorlarda toʻlov qilinadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga asosan Litsenziya daʼvogarining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi;

Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslarga faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Nodavlat maktabgacha taʼlim faoliyatini amalga oshirish boʻyicha litsenziya olishga ariza topshirdim. Menga qancha muddatda litsenziya beriladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi arizani qabul qilgandan soʻng 15 ish kuni ichida litsenziya beradi yoki uni berishni rad qiladi.

Men xususiy oliy taʼlim muassasi ochmoqchiman va ommaviy axborot vositalarida nodavlat taʼlim sohasida litsenziya olishim, buning uchun bir qator litsenziya talablari mavjud ekan, shunga koʻra, menga nodavlat taʼlim sohasida litsenziyaning qanday talablari va shartlari mavjudligi haqida maʼlumot bersangiz.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga asosan nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi qonun va qonunosti hujjatlariga majburiy rioya qilish;

taʼlim-tarbiya jarayonini davlat taʼlim standartlariga (davlat talablariga), oʻquv rejalariga va taʼlim dasturlariga muvofiq tashkil etish;

litsenziya daʼvogarida litsenziyalanayotgan faoliyatni bajarish uchun moʻljallangan, unga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli boʻlgan, belgilangan talablarga muvofiq binolarning (xonalarning) mavjud boʻlishi;

auditoriyalarni, oʻquv xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya asbob-uskunalari, oʻqitishning texnik vositalari va anjomlar bilan jihozlash;

taʼlim dasturlarining belgilangan darajasini amalga oshirish uchun oʻquv binolarini zarur darsliklar, oʻquv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan taʼminlash;

taʼlim dasturlarini umumiy oʻrta, kasb-hunar va oliy taʼlim davlat taʼlim standartlariga muvofiq, shuningdek, maktabgacha taʼlim, maktabdan tashqari taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;

taʼlimning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda boʻlishi, taʼlim jarayonida urushni, zoʻravonlikni targʻib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va maʼnaviy asoslari, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisida notoʻgʻri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlari buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik;

nodavlat taʼlim tashkiloti, uning taʼlim oluvchilari, pedagoglari va taʼlim-tarbiya jarayoni toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlarni “Nodavlat taʼlimni boshqarish axborot tizimi”ga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etish;

maktabgacha taʼlim bilan bogʻliq yoʻnalish boʻyicha nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va taʼlim-tarbiya jarayoni toʻgʻrisidagi ishonchli axborotni Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimiga kiritish;

iqtidorli bolalar va isteʼdodli yoshlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash orqali taʼlim-tarbiyaning yuqori sifatini taʼminlaydigan qulay shart-sharoitlar yaratish;

ilgʻor xalqaro tajribalarni inobatga olib, oʻqitishning innovatsion shakllari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida taʼlim sohasidagi samaradorlik va natijadorlikni oshirish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli va iqtidorli farzandlarini tanlov asosida muassasadagi jami tarbiyalanuvchilar, oʻquvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda bepul oʻqishga qabul qilish;

bitiruvchilarga belgilangan tartibda taʼlim toʻgʻrisida hujjat berish.

Nodavlat taʼlim faoliyatini amalga oshirish boʻyicha litsenziyani olish boʻyicha ariza bergandim, biroq vakolatli organ tomonidan Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi va hujjatlarim qaytarildi. Endilikda yana qaytadan toʻlov qilib murojaat qilamanmi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son qaroriga asosan vakolatli organ tomonidan litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, 3 ish kuni ichida litsenziya daʼvogariga rad etish sabablari va litsenziya daʼvogari ularni bartaraf etgan holda qayta koʻrib chiqish uchun ariza berishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan bildirishnomani davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.

Bunda bildirishnomada koʻrsatib oʻtilgan muddat davomida litsenziya daʼvogarlarining arizalari takroran koʻrib chiqilgani uchun yigʻim undirilmaydi.

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha qanaqa hujjatlar talab qilinadi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga asosan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

yuridik shaxsining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), nodavlat taʼlim faoliyatini amalga oshirish joyi manzillari, bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati koʻrsatilgan litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizada litsenziya daʼvogarining litsenziya talablari va shartlariga roziligi va elektron manzili koʻrsatiladi;

oʻzlashtirishni koʻtarishga yoʻnaltirilgan, oʻqitishni monitoring qilish va rejalashtirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimini mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan yuridik shaxsga tegishliligi haqidagi hujjat;

butun oʻquv jarayonini qamrab oladigan davlat talablariga muvofiq uch oʻlchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash uchun alohida hamda ularning malakasini oshirish uchun alohida ishlab chiqilgan elektron oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar bilan akkreditatsiya muddatiga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan taʼminlanganligi haqidagi hujjat;

avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq malaka oshirish kurslarida bilimlar oʻzlashtirilishini aniqlash uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturining akkreditatsiya muddatiga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan taʼminlanganligi haqidagi hujjat;

oʻqituvchi va amaliy boshqaruv instruktorlari haqida maʼlumot;

oʻquv rejasi va dasturlarining elektron shaklda.

Chet tillarni oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilmoqchiman, buning uchun qanaqa ruxsatnoma talab qilinadi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi PF–6044-son Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan boshlab chet tillarni oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish litsenziya bekor qilingan va chet tillarni oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma berish tartibi joriy qilingan.

Xabarnomani Litsenziya axborot tizimi orqali yuborishingiz mumkin.

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha qancha toʻlov amalga oshiriladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga asosan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha Litsenziya daʼvogarining arizasini koʻrib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatini koʻrsatish faoliyatni amalga oshirish uchun huquq berish boʻyicha litsenziyani berish yoki amal qilish muddatini uzaytish uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha qayerga murojaat qilsam boʻladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qaroriga asosan xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun talabgorlar tomonidan bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qilinadi.

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha undiriladigan toʻlovlar qancha?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qaroriga asosan Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.

Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha qanday qilib yoʻllanma olsam boʻladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga asosan bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha yoʻllanma olish uchun ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.

Buning uchun faqat soʻrovnoma toʻldirasiz, soʻrovnomada bola haqidagi, bolaning ota-onasi va davlat maktabgacha taʼlim muassasasi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.

Xizmat koʻrsatganlik uchun toʻlov undirilmaydi.

image

101

Yong'in xavfsizligi xizmati

image

102

(turistlar uchun - 1173) - Ichki ishlar organlari

image

103

Tez tibbiy yordam

image

104

Gaz avariya dispetcherlik xizmati

image

1050

Qutqaruv xizmati

Qachondan davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi?

Asos:. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2022 yildagi PQ-279-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2022 yildagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-279-son qaroriga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarida ularning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy ta’lim shakli joriy etilishi belgilangan.

Murojaat yuborish